Sirdaryoda tadbirkordan 4 ming dollar olgan soliq xodimiga sud hukmi o‘qildi
Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasining bosh inspektori 2 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Pora olgan vaqtida ushlangan Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasining bo‘lim bosh inspektoriga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
Qayd etilishicha, boshqarmaning soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi bosh inspektori Guliston shahridagi 3 ta MCHJga tegishli soliq qarzlarini ularni soddalashtirilgan tartibda bankrot deb topish yo‘li bilan bartaraf qilib berishini aytgan.
Buning uchun 5 ming dollar so‘ragan, lekin puldan 4 ming dollarini olayotgan paytda ushlangan.
Holat yuzasidan sud ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahri sudida ko‘rib chiqilgan. Hukmga ko‘ra, xodim Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (Xizmat mavqeidan foydalangan holda firibgarlik), 211-moddasi 1-qismi (Pora berish) orqali aybdor deb topildi.
Unga nisbatan soliq idoralarida har qanday lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum etgan holda 2 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Sirdaryoda sobiq ayolini do‘pposlab, sochini qirib tashlagan erkakka hukm o‘qildi Sirdaryoda MChJ 5,25 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagani aniqlandi Endi reytingi yuqori tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi Sirdaryoda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori qamaldi Sirdaryoda qiymati 5 mlrd so‘mdan ziyod gaz o‘g‘irlandi