Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi
Deputat Rustam Kalonov esa Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi raisi etib saylandi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi 6-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda Toshkent shahar Hududiy saylov komissiyasi raisi Abdulla Magrupovning 27-oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.
Sessiyada deputat Rustam Kalonov Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi raisi etib saylandi.
Tadbirda xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, kengashning reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Maslahatlashuvda prezident tomonidan Toshkent shahar hokimi lavozimiga Shavkat Umurzoqov nomzodi ko‘rsatilganligi bildirildi. Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining qarori bilan Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi