Shavkat Mirziyoyev SHHT davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi
Oʻzbekiston prezidenti SHHT doirasidagi koʻp qirrali sheriklikni yanada kengaytirish tarafdori ekanini taʼkidladi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-iyul kuni Ostona shahrida SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev raisligida oʻtgan tadbirda Aleksandr Lukashenko, Eron prezidenti vazifasini bajaruvchi Muhammad Muxbir, XXR raisi Si Jinping, Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif, RF prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar, shuningdek, Shanhay Hamkorlik Tashkiloti bosh kotibi Chjan Min va SHHT Mintaqaviy aksliterror tuzilmasi ijroiya qoʻmitasi direktori Ruslan Mirzayev qatnashdi.
Kun tartibiga muvofiq, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ochiq fikr almashildi, SHHT doirasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Oʻzbekiston rahbari sammit ishtirokchilarini qutlar ekan, Qozogʻistonning SHHTga raisligi natijalarini yuqori baholadi, shuningdek, Belarusni tashkilotga aʼzo boʻlgani bilan samimiy tabrikladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Belarus SHHTning oʻninchi aʼzosi boʻldi