4 Sentabr 2024, 15:20 Oʻzbekiston

Samarqandda YTHga uchragan Nexia-2 yonib ketdi

Samarqand shahrida yonilg‘isi tugab, to‘xtab qolgan “Volga”ning orqa qismiga kelib urilgan Nexia-2 yonib ketdi.

Samarqandda YTHga uchragan Nexia-2 yonib ketdi

Samarqand shahrida “Volga”ga urilgan Nexia-2 yonib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, holat 4-sentyabr kuni soat 9:50 lar atrofida Samarqand shahar Bo‘stonsaroy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Nexia-2 harakatlanib kelib, yo‘lning o‘ng tomonida yonilg‘isi tugab to‘xtab turgan “Volga”ning orqa qismiga kelib urilgan.

Oqibatda Nexia-2 da yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in zudlik bilan Samarqand shahar FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Holat oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.

Hodisa yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar