30 Avgust 2024, 11:23 Oʻzbekiston

Samarqandda 10 mingdan ortiq sifatsiz aroq savdodan olindi

Samarqand viloyatida iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari savdosining oldi olindi.

Samarqandda 10 mingdan ortiq sifatsiz aroq savdodan olindi

Samarqand viloyatidagi 3 ta savdo do‘konidan 10 202 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd yetilishicha, departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi, Payariq va Narpay tumani bo‘limlari va IIB xodimlari hamkorligidan  tezkor tadbirlar o‘tkazilgan. Unda “M.B.”, “Y.S” va “I.” MCHJlarga qarashli savdo do‘konlari sotuvchilari xaridorlarga qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotayotgan vaqtlarida ushlangan.

Shuningdek, ushbu savdo do‘konlaridan umumiy bahosi 334 mln so‘mlik turli nomdagi jami 10 202 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar