22-dekabr kuni O‘zbekistonda qor va tuman bilan sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak. Shimoli-sharqiy shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 2-4 daraja iliq bo‘ladi.

Hududlar bo‘yicha ob-havo:
  • Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak. Shimoli-sharqiy shamol tezligi 7-12 m/s. Havo harorati kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak. Shimoli-sharqiy shamol tezligi 7-12 m/s. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
  • Toshkent viloyati va Sirdaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak. Shimoli-sharqiy shamol 7-12 m/s tezlikda esadi.
    Havo harorati kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
  • Samarqand va Jizzaxda ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak. Shimoli-sharqiy shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
  • Andijon, Namangan va Farg‘onada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
    Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shimoli-sharqiy shamol tezligi 7-12 m/s. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.