Qashqadaryoda o‘qituvchilarning nomiga 163 mln so‘m onlayn kredit rasmiylashtirgan shaxs ushlandi
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qashqadaryo viloyatida yashovchi 34 yoshli o‘qituvchi (ayol) M.S. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, nomaʼlum sabablarga ko‘ra uning nomiga jami 56 mln so‘m onlayn kredit rasmiylashtirilganligini va aybdor shaxsga qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyatida yashovchi N.M. ismli shaxs sodir etganligi aniqlangan.
O‘rganish davomida, o‘zini Uzum Market vakili deb tanishtirgan N.M. aslida hech qayerda ishlamasligi, tanishuvlar jarayonida jabrlanuvchi ayol M.S. hamda uning hamkasblariga Uzum Market’dan turli xil maishiy texnikalar vaʼda qilib, aldov yo‘li bilan yashirin tarzda ularning nomidan jami 163 mln so‘m onlayn kredit rasmiylashtirib, o‘sha vaqtning o‘zida pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan plastik kartaga o‘tkazib olganligi maʼlum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan M.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Xorazmda o‘quvchining onasi va o‘qituvchi janjallashdi Fuqarolarga qarzdorligini “nol” qilib berishini aytgan gazchi va hisobchi ushlandi Surxondaryoda 19 kishini chuv tushirgan firibgar qamaldi Ikki viloyatda imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan shaxslar ushlandi Toshkentda fuqaroni xorijga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi