5 Sentabr 2024, 10:49 Oʻzbekiston

Poytaxtning ko‘plab hududlarida issiq suv rejali o‘chiriladi

Toshkent shahrining ko‘plab hududlarida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi.

Poytaxtning ko‘plab hududlarida issiq suv rejali o‘chiriladi

Toshkent shahrining ko‘plab hududlarida sentyabr-oktyabr oylarida issiq suv vaqtinchalik o‘chiriladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, markazlashtirilgan isitish manbalarining kuzda to‘xtatilishi shaharning issiqlik infratuzilmasini modernizatsiya qilish va yaxshilashga qaratilgan.

“Issiq suvni rejalashtirilgan o‘chirish vaqtida biz eskirgan kommunikatsiyalarni almashtiramiz va isitish mavsumida issiqlik taʼminoti ishonchliligini oshiradigan boshqa ishlarni bajaramiz”,  deyiladi xabarda.

O‘chirish joylari va sanalari:

1-IM (M-1,4)
16 dan 20-sentyabrgacha:

Mustaqillik shoh ko‘chasi, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk ipak yo‘li, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Oqqo‘rg‘on, O‘tkir Sultonov, Osiyo, Lev Tolstoy, Navnihol, Navnihol 3-ko‘chasi, Yassi, Qalandar, Bo‘zko‘cha, Sayram 5-tor ko‘chasi, Sayram 7-tor ko‘chasi, Chust, Katta Darxon, Katta Darxon 2-tor ko‘chasi, Geologiya, Ibrohim Mo‘minov, Niyozbek yo‘li, Kichik halqa yo‘li, Katta halqa yo‘li, Do‘rmon yo‘li, Shahriobod, Ziyolilar, Mirzakalon Ismoiliy, Parkent, Bog‘ishamol, Namangan, Zarbuloq, Qirqyigit, Tamaraxonim tor ko‘chasi, Ozodlik, Feruza ko‘chalari, Yalong‘och, Toshqishloqmash, Mavlono Riyoziy, Bo‘z-1, Bo‘z-2, Feruza dahalari, ToshGRES posyolkasi, Hamid Olimjon maydoni, Toshkent Davlat Agrar Universiteti hududi.

2-IM
30-sentyabrdan 6-oktyabrgacha:

Mirzo Ulug‘bek, Temur Malik, Avayxon, Mingbuloq, Mirishkor, Shukur Burxonov, Razzoq Hamroyev, Salom, Do‘rmon yo‘li ko‘chalari, Qorasuv-1,2,3,4,6 dahalari.

3-IM (M-1,4)
30-sentyabrdan 4-oktyabrgacha:

Bunyodkor shoh ko‘chasi, Navoiy, Olmazor, Beruniy, Islom Karimov, Qoratosh, Furqat, Afrosiyob, Kichik halqa yo‘li, Shifonur, Ziyo, Qoraqamish, Talabalar, Universitet, Samarqand Darvoza, Abay, Abdulla Qodiriy, Ko‘kcha Darvoza, Beshyog‘och, Nurafshon, Paxtakor, Huvaydo, Gulobod ko‘chalari, Chorsu maydoni, Chorsu, Qoratosh, Olmazor, Beshyog‘och, M – 10, 11, 13, 14, M-26, 27, 28, B-1, B-2, B-3, Qoraqamish 2/1 dahalari, Talabalar shaharchasi, ToshDTU hududi.

4-IM (M-0,1,4,8)
9 dan 13-sentyabrgacha:

Amir Temur, Mustaqillik shoh ko‘chalari, Ahmad Donish, Sharof Rashidov, Yahyo G‘ulomov, Shahrisabsz, Shastri, Yangishahar, Dexqonobod, Sohibkor, Katta halqa yo‘li, Shahriston, Uch Qahramon, Moyqo‘rg‘on, Rixsiliy, Yangi Yunusobod, Yunusota, Jumamasjid, Osiyo, Bog‘ishamol, Minor 1-berk, Chingiz Aytmatov, Kichik halqa yo‘li, Hamid Olimjon, Mingo‘rik, Abdulla Qodiriy, Bodomzor, Ko‘rgazma, Qozitarnov, Girgirtepa, Shivli, Shuhrat, Bog‘iravon, Mukarrama Turg‘unboyeva, Gulsaroy, Sebzor, Oltinsoy, Shimoliy Olmazor, Zulfiyaxonim, Labzak, Nurafshon, Qoraqamish, Qoraqamish 1-ko‘chasi, Talabalar, Universitet, Beltepa, Forobiy, Beruniy, Muxbir, Mirzo G‘olib, Shifokorlar, Shifokorlar 2-ko‘chasi, Qamarniso ko‘chalari, Beltepa, Ibn Sino 1,2, Jarariq, Qamarniso, Beshqo‘rg‘on-1,2,3,4, Olimpiya, Shifokorlar shaharchasi, Talabalar shaharchasi, O‘zMU, ToshDTU hududlari, Yunusobod dahasi 1÷19 mavzelari, M-1,2,4,5,6,12,15, M-17,18 (Sebzor), Taxtapul, Qoraqamish 1/1,1/2,1/3,1/4,2/1,2/3,2/4,2/5 dahalari, Hamid Olimjon maydoni.

5-IM (M-0,4)
30-sentyabrdan 4-oktyabrgacha:

Zargarlik, Lutfiy, Bog‘iston, Qatortol, Guliston, Farhod, Cho‘ponota, Bog‘ibo‘ston, Kichik halqa yo‘li, Naqqoshlik, Do‘mbirobod, Do‘mbirobod 4-tor ko‘chasi, Serquyosh, O‘smir, Taxiatosh, Shirin, Maqsud Shayxzoda, Qatortol 1-ko‘chasi, Qatortol 2-ko‘chasi, Katta Xirmontepa, Taqachi, Katta halqa yo‘li, O‘rikzor, Beshqayrag‘och, To‘qimachi, Nashriyot, Yusuf Sakkokiy, Foziltepa ko‘chalari, Chilonzor dahasi 5÷26,30,31,G9A,20A mavzelari, Do‘mbirobod, Sharq, Guliston, Al-Xorazmiy 1,2, Beshqayrag‘och, Izza dahalari, O‘rikzor bozori doirasida.

6-IM
23 dan 27-sentyabrgacha:

Munis, Sariko‘l, Eski Sariko‘l, Yangizamon, Yangi Qo‘yliq, Abdurauf Fitrat, Farg‘ona yo‘li, Tollimarjon, Fayzobod, Mehrjon, Sayhun, Surxon ko‘chalari, Qo‘yliq-1÷7, Qo‘yliq-Aylanma dahalari.

7-IM
23 dan 27-sentyabrgacha:

Qorasuv, Beshariq, Birlashgan, Birlashgan 2-tor ko‘chasi, Elbek, Asalobod, Quruvchilar, Uysozlar, Parkent, Cho‘lpon, Alimkent ko‘chalari, Ohangaron shossesi, Tuzel-1,2,3,4, Uysozlar-1, Asalobod-1,2, Aviasozlar shaharchasi -1,1a, 2,3,4 dahalari.

8-IM
16 dan 20-sentyabrgacha:

Yangi Sergeli yo‘li, Mehrigiyo, So‘g‘diyona, Qipchoq, Chinor, Davlatobod, Do‘stlik, Mirzo Tursunzoda, Jahonaro, Qo‘rg‘ontepa ko‘chalari, Sergeli 1÷8A, Yo‘ldosh-1÷18, M-1,2,3, Do‘stlik-1,2 dahalari.

ToshIEM (M-0,5,8)
23 dan 27-sentyabrgacha:

Amir Temur, Mustaqillik shoh ko‘chalari, Sharof Rashidov, Navoiy, Bobur, Glinka, Shota Rustaveli, Bog‘ibo‘ston, Arnasoy, Katta Chilonzor, Muqimiy, Seul, Cho‘ponota, Nurafshon, Gulxaniy, Lutfiy, Bog‘iston, Samarqand Darvoza, Afrosiyob, Shahrisabz, Taras Shevchenko, Nukus, Oybek, Fidokor, Avliyoota, Moshtabib, Mirobod, Askiya, Shoxjahon, Jamshid Shoshiy, Abdulla Avloniy, Belariq, Imom at-Termiziy, O‘rikzor, Bog‘tepa 5-tor ko‘chasi, Jiydazor 1-tor ko‘chasi, Yakub Kolos, Chimkent, Yahyo G‘ulomov, Buyuk Turon, Istiqbol, Zarafshon, Maxtumquli, Islom Karimov, Buxoro, Istiqlol, Sodiq Azimov, Said Baraka, Matbuotchilar, Sayilgoh, Shastri, Elbek, Kichik halqa yo‘li, Kichik Beshyog‘och, Abdulla Qahhor, Haydar Aliyev, Qumariq, Oltin vodiy ko‘chalari, M-1,2,4,5,7, Oqtepa dahalari, Chilonzor dahasi 1÷5,7,Ye,I, Oqtepa, Qushbegi, Boshliq mavzelari, Uchuvchilar shaharchasi.

“Vodnik” qozonxonasi
3 dan 7-sentyabrgacha:

Husayn Boyqaro ko‘chasi, “Suvsoz” mavzesi.

“Sanoatenergo” qozonxonasi
16 dan 20-oktyabrgacha:

“Quruvchi” mavzesi.

Mashhur yangiliklar