31 Avgust 2024, 14:42 Oʻzbekiston

Oʻzbekiston maktablarida “Huquqiy sinflar” tashkil etiladi

Hukumat qarori bilan maktablarda huquqiy fanlar chuqurlashtirib oʻqitiladigan “Huquqiy sinflar” tashkil etiladi.

Oʻzbekiston maktablarida “Huquqiy sinflar” tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Davlat taʼlim muassasalarida uzluksiz huquqiy taʼlim tizimini joriy etish, voyaga yetmaganlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

2024-2025 oʻquv yilidan boshlab:

  • maktablarda “Huquqiy sinf” tashkil etish va huquqiy fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish orqali yuridik kadrlar tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimi joriy etiladi;
  • Namangan va Samarqand viloyatlaridagi yuridik texnikumlar bazasida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylariga qabul boshlanadi.

“Huquqiy sinf”ni tashkil etishning asosiy vazifalari:

  • zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda “Davlat va huquq asoslari” fanini chuqurlashtirib oʻrganish;
  • “Huquqshunoslik” yoʻnalishi boʻyicha variativ oʻquv rejalari asosida oʻquvchilarni taʼlimning keyingi bosqichlarida samarali tahsil olishga tayyorlash;
  • huquqni muhofaza qilish faoliyati yuridik amaliyoti xodimlarini jalbetish orqali sinfdan tashqari ishlarni samarali tashkil etish;
  • oʻquvchilarni “Davlatvahuquqasoslari” faniboʻyichamaktab, tuman (shahar), viloyat va respublika olimpiadalari hamda boshqa tadbirlarda ishtirok etishga tayyorlash.

“Huquqiy sinf”ga “Davlat va huquq asoslari” faniga qiziqqan 8-sinf oʻquvchilari orasidan tanlab olinadi va maktab pedagogik kengashining tavsiyasiga asosan direktor buyrugʻi bilan oʻtkaziladi.

Mashhur yangiliklar