13 Iyul 2024, 12:02 Oʻzbekiston

Makedonskiy davriga oid qadimiy tangani Oʻzbekistondan yashirincha olib ketishga uringan xitoylik qoʻlga olindi

Toshkent–Urumchi yoʻnalishi boʻyicha uchib ketayotgan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi S.J.ga tegishli yoʻl sumkalari bojxona koʻrigidan oʻtkazilgan.

Makedonskiy davriga oid qadimiy tangani Oʻzbekistondan yashirincha olib ketishga uringan xitoylik qoʻlga olindi

Xitoy fuqarosi Makedonskiy davriga oid tangani Oʻzbekistondan yashirincha olib ketmoqchi boʻldi. Bu haqda Toshkent–AERO ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati xabar berdi.

Holat Toshkent xalqaro aeroportida 12-iyul kuni soat 01:05 larda sodir boʻlgan. Chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan Toshkent–Urumchi yoʻnalishi boʻyicha uchib ketayotgan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi S.J.ga tegishli yoʻl sumkalari bojxona koʻrigidan oʻtkazilgan.

Yoʻlovchining sumkasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, jami 1 dona miloddan avvalgi taxminan III asrda zarb qilingan Makedonskiy surati tushirilgan oq rangli metalldan yasalgan qadimiy tanga borligi aniqlangan.

Mashhur yangiliklar