19 Avgust 2024, 09:38 Oʻzbekiston

Farg‘onada fuqaro IIO xodimini urib, tan jarohati yetkazdi

Farg‘onadagi sog‘lomlashtirish markazida fuqaro IIO xodimini urib, unga tan jarohati yetkazdi.

Farg‘onada fuqaro IIO xodimini urib, tan jarohati yetkazdi

Farg‘ona shahrida Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi profilaktika inspektoriga qarshilik ko‘rsatib, qo‘l ko‘targan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa 17-avgust kuni tungi soat 01:30 larda Bozorboshi ko‘chasidagi sog‘lomlashtirish markazida yuz bergan. Profilaktika inspektori janjal bo‘layotgani haqida xabar topib u yerga yetib borgan. Janjal ko‘targan 1996-yilda tug‘ilgan fuqaro A.G‘. qonuniy talabni bajarmasdan faol qarshilik ko‘rsatib, xodimga tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi fuqarolarni IIO xodimlarining xizmat faoliyatiga qarshilik ko‘rsatgan shaxslar qonun oldida javobgar bo‘lishidan ogohlantiradi.

Mashhur yangiliklar