31 Iyul 2024, 12:08 Oʻzbekiston

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Matluba Qahhorova Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada 30-iyul kuni Senat raisi Tanzila Norboyeva ishtirokida tadbir o‘tkazilib, unda tashkiliy masala ham ko‘rib chiqilgan.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan Dilbar G‘ulomovani boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimdan ozod qilish to‘g‘risidagi hamda Matluba Qahhorovani Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari etib tayinlash to‘g‘risidagi prezident qarori o‘qib eshittirilgan.

Dilbar G‘ulomova 2019-yilda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada yangi ochilgan xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishiga rahbar etib tayinlanib, qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan edi.

Mashhur yangiliklar