O‘zbekiston

Buxoroda shifokor o‘zini so‘ymoqchi bo‘lgan mast erkakni qurolsizlantirdi

Fuqaro mastlik darajasini tekshirish uchun ruhiy salomatlik markazi bo‘limiga olib borilgan.

Buxoroda ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy markazining Buxoro filialiga olib kelingan mast erkak qo‘llarini pichoq bilan kesmoqchi bo‘lgan, biroq uni navbatchi shifokor burab qo‘ygan, deb yozadi Kun.

Hodisa 2-iyul kuni soat 20:00 atrofida sodir bo‘lgan. Buxoro shahar IIB 3-sektor profilaktika inspektori 46 yoshli Bobomurod Navro‘zovni mastlik holatini aniqlash uchun markazga olib borgan. Tekshiruvni navbatchi narkolog shifokor Elbek Dilov o‘tkazdi.

Muolaja paytida erkak to‘satdan stol ustidagi pichoqni olib, qo‘lini kesmoqchi bo‘ldi. Elbek Dilov keskin harakat bilan erkakning qo‘lidagi pichoqni tortib oldi va uni zararsizlantirdi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Keyinroq viloyat IIB huquq-tartibot idoralariga ko‘rsatgan yordami uchun shifokorni mukofotladi, tashakkurnomaga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ham qo‘shildi.

«]

Максим Каневский
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная