26 Avgust 2024, 16:40 Oʻzbekiston

Andijonda yog‘ sexidan iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari topildi

Izboskan tumanidagi yog‘ sexidan 1,6 mlrd so‘mlik iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari topildi.

Andijonda yog‘ sexidan iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari topildi

Andijon viloyati Izboskan tumanidagi yog‘ ishlab chiqarish sexidan 1,6 milliard so‘mlik iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari topildi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.

Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon viloyat boshqarmasi, Izboskan tuman bo‘limi hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

“F.s.”, “A.i.”, “A.V.” va “A.l.” MCHJlar rahbari A.T. Izboskan tumani, “Qo‘g‘ay” MFY hududidagi yog‘ ishlab chiqarish sexida tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 1,6 milliard so‘mlik 65 turdagi jami 74 577 dona alkogol mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

O‘tkazilgan ekspertiza xulosalariga ko‘ra, 1 052 dona alkogol mahsulotining aksiz markalari qalbakiligi, 72 268 dona alkogol mahsuloti iste’molga yaroqsiz ekani, shuningdek, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida faoliyat yurituvchi “A-sh.”, “B.g.” hamda “Z.v.” MCHJlardan sotib olingan 29 turdagi 31 060 dona alkogol mahsulotining QR kod markirovkalari haqiqiy emasligi qayd etilgan.

Bundan tashqari, Toshkent viloyatidagi “B.g.” MChJ mas’ul shaxslari litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat bilan litsenziyasiz faoliyat ko‘rsatib kelayotgani fosh etilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar