22 Avgust 2024, 18:53 Iqtisod

O‘zbekistonda muomaladagi naqd pullar birinchi marta 50 trln so‘mdan oshdi

1 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda muomaladagi naqd pullar 539 mlrd so‘mga ko‘payib, rekord ko‘rsatkich — 50,4 trln so‘mni tashkil qildi.

O‘zbekistonda muomaladagi naqd pullar birinchi marta 50 trln so‘mdan oshdi

Markaziy bank pul agregatlari haqida taqdim etgan ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda keng ma’nodagi pul massasi iyul oyida 5,7 trln so‘mga ortib, 1 avgust holatiga 242,2 trln so‘mga yetgan.

Xususan, milliy valutadagi pul massasi 6,5 trln so‘mga ko‘payib, 186,9 trln so‘mni tashkil etmoqda.

Shuningdek, chet el valutasidagi depozitlar qoldig‘i 778 mlrd so‘mga kamaygan bo‘lsa, tor ma’nodagi pul massasi 2,3 trln so‘mga oshgan.

Xususan, iyul oyida muomalaga chiqarilgan naqd pullar qoldig‘i 539 mlrd so‘mga ko‘payib, 1 avgust holatiga 50,4 trln so‘mni tashkil etgan. Bu rekord ko‘rsatkichdir.

Yil boshiga nisbatan naqd pullar qoldig‘i 4,8 trln so‘mga ko‘paygan. Milliy valutadagi boshqa depozitlar esa yil davomida 17,2 trln so‘mga, iyul oyida esa 4,2 trln so‘mga oshgan.

Mashhur yangiliklar