Hodisa

Toshkentda Lacetti haydovchisi YTHdan so‘ng boshqa haydovchiga dubinka bilan hujum qildi

Erkakka nisbatan mayda bezorilik moddasi bilan ish ochildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanida ikki haydovchi o‘rtasidagi mojaro videosi tarqaldi. Toshkent shahar IIBB axborot xizmati holatga izoh berdi.

Organ ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 2025-yil 14-iyun kuni soat 11:00 atrofida Rixsili ko‘chasida sodir bo‘lgan. Lacetti (B.X.) va Cobalt (Sh.O.) haydovchilari YTH sodir etib, ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Lacetti haydovchisi avtomobilni yo‘lning qatnov qismida to‘xtatib, Cobalt’ning yon oynasiga to‘qmoq bilan urgan va voqea joyidan yashiringan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Biroq huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan B.X.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan materiallar qonuniy qaror qabul qilish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborildi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная