3 Dekabr 2024, 10:15 •Oʻzbekiston
Samarqanddagi uyda uch metrlik bo‘g‘ma ilon saqlanayotgani aniqlandi
Ishtixon tumanidagi xonadonda Qizil kitobga kiritilgan uch metrlik “Yoʻlbars pitoni”ni saqlab kelinayotgani aniqlandi.
Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida yashovchi fuqaro B.M. Qizil kitobga kiritilgan, mamlakatga noqonuniy yoʻllar bilan olib kirilgan “Yoʻlbars pitoni”ni saqlab kelayotgani aniqlandi.
Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi xabariga koʻra, boʻgʻma ilonning uzunligi 2,78 metr, eni 28 sm. Bunday ilonlar tutqunlikda 25-yilgacha umr koʻrishi mumkin.
Qayd qilinishicha, hozir ilon “Zarafshon” milliy tabiat bogʻi reabilitatsiya markazida vaqtincha saqlanmoqda.
Ilonni uyda saqlayotgan fuqaroga qanday chora koʻrilgani xabarda keltirilmagan.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda bogʻcha va maktab oʻquvchilari xavfsizligiga zid ravishda “ilon oʻyini” tomoshasi oʻtkazilgani aniqlandi Samarqand viloyatiga yangi rahbar tayinlandi Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov sog‘lig‘i sabab ishdan ketayotgani aytildi Samarqandda tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi mumkin Ikki viloyatda kuchli taʼsir qiluvchi dorilar savdosi bilan shugʻullanganlar ushlandi
Soʻnggi yangiliklar
Toshkent xalqaro aeroportida parvozlarni qabul qilish cheklandi
4 Dekabr 2024, 18:46Avtobusda ayol kishining yuziga tuflagan erkak qamaldi
4 Dekabr 2024, 18:10Uyi hasharotlar tomonidan yaroqsiz holga keltirilganlarga yangi uy-joy beriladi
4 Dekabr 2024, 17:36Bolalar masalalari bo‘yicha komissiya vazifalari belgilandi
4 Dekabr 2024, 17:01Janubiy Koreyada harbiy holat rejimi bekor qilindi
4 Dekabr 2024, 15:48O‘zbekistonda ham mahkumlar uchun elektron braslet ishlab chiqarilishi mumkin
4 Dekabr 2024, 15:06Noyabr oyi uchun inflatsiya darajasi ma’lum qilindi
4 Dekabr 2024, 14:29O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi boshqarmasi va bo‘limi boshlig‘i lavozimi tugatiladi
4 Dekabr 2024, 13:51