Samarqandda tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi mumkin
Samarqand shahriga yana 14 ta zamonaviy tramvay vagonlari xarid qilish rejalashtirilmoqda.
Samarqand shahrida temiryo‘l vokzalidan Kimyogarlar qo‘rg‘onigacha yangi tramvay yo‘nalishi ochilishi va bu yo‘nalishga 14 ta zamonaviy tramvay vagonlari xarid qilinishi rejalashtirilgan. Bu borada Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilmoqda, deb xabar berdi “Samarqand MTRK” telekanali.
Qayd etilishicha, hozirda Samarqand viloyat transport boshqarmasining Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasida 20 ta tramvay vagonlari mavjud. Ular ikkita yo‘nalishda (Temiryo‘l vokzali – Sartepa maskani; Temiryo‘l vokzali – Siyob bozori) yo‘lovchi tashimoqda.
2023 yilda Samarqand Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining “Yashil shaharlar” dasturiga qo‘shilgan birinchi shahar bo‘lgandi. O‘sha yili Samarqand mezbonligida o‘tgan bank boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishida O‘zbekiston hukumati va YeTTB o‘rtasida Samarqand shahrida elektrobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish uchun 49 mln dollargacha miqdorda suveren kredit ajratish to‘g‘risida bitim imzolangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda 359,6 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanildi Samarqandda qalbaki AQSh dollarini o‘tkazganlar ushlandi Samarqandda maktab o‘quvchisi urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi Samarqandda 186,8 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanildi