4 Dekabr 2024, 15:48 •Jahon
Janubiy Koreyada harbiy holat rejimi bekor qilindi
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol harbiy holat rejimini bekor qildi.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda bir necha soat avval joriy etgan harbiy holat rejimi tugatilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi 4 dekabr, chorshanba kuni erta tongda.
Bungacha mamlakat parlamenti – Milliy majlis harbiy holat rejimiga qarshi chiqqan edi. Reuters xabariga ko‘ra, 3 dekabr kuni kechki payt qurshovdagi parlament binosiga kirishga muvaffaq bo‘lgan 300 nafar deputatdan 190 nafari uni bekor qilish uchun ovoz bergan.
Janubiy Koreya konstitutsiyasiga ko‘ra, mamlakat parlamenti favqulodda holatni ko‘pchilik deputatlar yoqlab ovoz bergan taqdirda bekor qilish huquqiga ega. Ovoz berishdan keyin parlament spikeri Vu Von Sik Yun Sok Yolni qarorini bekor qilishga chaqirdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Janubiy Koreyada boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari ogohlikka chaqirildi Seulda so‘nggi 100 yildagi eng kuchli qor yog‘di Farg‘onada fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari belgilab berildi O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi tayinlandi
Soʻnggi yangiliklar
Istanbulda qoʻlbola aroqdan o‘lgan o‘zbekistonliklar soni 17 nafarga yetdi
18 Yanvar 2025, 19:22Hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi
18 Yanvar 2025, 18:36O‘zbekistonda eksportda xususiy sektor ulushi 60 foizgacha oshiriladi
18 Yanvar 2025, 17:49Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
18 Yanvar 2025, 16:51Statistika agentligi direktori lavozimidan ozod etildi
18 Yanvar 2025, 15:57Jizzaxdagi kafeda janjal chiqargan xo‘randalarga jinoyat ishi ochildi
18 Yanvar 2025, 15:03Toshkentda yangi tug‘ilgan chaqaloq ko‘chaga tashlab ketildi
18 Yanvar 2025, 14:06Xorazm va Toshkentda 500 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
18 Yanvar 2025, 13:10