1 Oktabr 2024, 09:38 Oʻzbekiston

Andijonda reklama banneri ilayotgan shaxsni kuchli tok urdi

Ekopartiya Andijonda reklama banneri ilayotgan shaxsni kuchli tok urgani haqidagi xabarga izoh berdi.

Andijonda reklama banneri ilayotgan shaxsni kuchli tok urdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Shahrixon tumanida O‘zbekiston Ekologik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzodning bannerini ilayotgan obodonlashtirish xodimini elektr toki urdi, degan mazmundagi xabar tarqaldi. Ekologik partiya holat yuzasidan izoh berdi.

Haqiqatan ham, bugun, 30-sentyabr kuni partiyamizdan ko‘rsatilgan nomzodning bannerini ilish jarayonida baxtsiz hodisa tufayli obodonlashtirish xodimi elektr tokidan shikastlangan, deyiladi partiya ma’lumotida.

Xodim zudlik bilan shifoxonaga olib borilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan va hozirda ahvoli yaxshi ekani bildirilgan.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillari tomonidan obodonlashtirish xodimi holidan xabar olinib, partiya zarur yordam ko‘rsatishga tayyor ekani bildirdi.

Shuningdek, partiya rahbari Abdushukur Xamzayev shikastlangan xodim bilan telefon orqali muloqot qilib, unga sog‘lik tiladi.

Mashhur yangiliklar