Turkiyada qarovsiz qolib ketgan 3 bola Vatanga qaytarildi
Istanbul shahrida ota-onasining qarmog‘idan mahrum bo‘lgan uch nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga olib kelindi.
Turli sabablar tufayli Turkiyaning Istanbul shahrida ota-onasining qarmog‘idan mahrum bo‘lgan uch nafar voyaga yetmagan bola kecha, 2 oktyabr kuni Toshkent shahriga yuborildi.
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qilishicha, 16 yoshli va 6 yoshli 2 nafar qizlar hamda 11 yoshli 1 nafar o‘g‘il bola yaqin qarindoshlarining murojaatlari asosida Istanbul shahridagi Bosh konsulxona, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamkorligida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida mas’ul xodimlarning kuzatuvi ostida O‘zbekistonga qaytarilgan.
Shu o‘rinda, ota-onalardan voyaga yetmagan farzandlarini xorijiy davlatlarda nazoratsiz qoldirmaslik, befarq bo‘lmagan fuqarolardan esa chet elda qarovsiz qolib ketgan bolajonlar to‘g‘risida zudlik bilan O‘zbekiston Respublikasining xorijiy diplomatik vakolatxonalariga xabar berish so‘raladi, deyilgan xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida qatnashgan o‘zbekistonlik qamaldi Rossiyada o‘zbekistonlik yigit 9-qavatdan tushib ketdi Rossiyada qarovsiz qolgan oʻzbekistonlik bola vatanga qaytarildi Rossiyada o‘zbekistonlik yigitning jasadi topildi O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun asosan qaysi davlatga ko‘chib ketayotgani aytildi