Andijonda “avtomoyka” 286 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Andijon shahrida 286,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan avtomobillarni yuvish shoxobchasi aniqlandi, deb xabar bermoqda Prokuratura departamenti axborot xizmati.
Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon shahar bo‘limi va “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Fuqaro R.M. “Z.h.” MChJga qarashli “Jumabozor” MFY hududida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 286,3 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Ayrim iste’molchilar elektr energiyasi uchun to‘lov tarifini o‘zi tanlashi mumkin bo‘ladi Andijonda 612 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi Andijonda reklama banneri ilayotgan shaxsni kuchli tok urdi Andijondagi shifoxonada ikki ayol o‘zaro janjallashdi Qashqadaryoda elektrdan noqonuniy foydalangan “zapravka” aniqlandi