Surxondaryoda erkak oʻz onasini bolta bilan chopib oʻldirdi
Surxondaryoda erkak mast holatda onasi bilan janjallashib uni bolta bilan chopib tashladi.
Surxondaryo viloyatida erkak oʻz onasini bolta bilan chopib oʻldirdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Maʼlum qilinishicha, 1987-yilda tugʻilgan erkak onasidan spirtli ichimlik sotib olish uchun pul soʻragan, biroq ona unga rad javobini bergan. Natijada ona-bola oʻrtasida janjal kelib chiqqan.
Sud hujjatlarida keltirilishicha, janjaldan soʻng sudlanuvchi mast holatda onasini bolta bilan chopib tashlagan. Yelka qismidan ogʻir jarohat olgan ayol vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan sud ishi Jinoyat ishlari boʻyicha Denov tumani sudida koʻrib chiqildi. Sud hukmiga koʻra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) 2-qismi “v”, “j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 18-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Ulugʻbek Qosimov ham Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi Surxondaryoda Cobalt gaz quvuriga borib urildi Toshkent viloyatida taksichiga pichoq bilan hujum qilgan ikki talaba qamaldi Surxondaryoda 11-sinf qiz 8-qavatdan yiqilib, vafot etdi Surxondaryoda isitish mavsumi 1-noyabrdan boshlanadi