Yangiyoʻlda fuqaro uyida boqayotgan zaharli kobralarni koʻchaga qoʻyib yubordi
Yangiyo‘l tumanining Tuyabo‘g‘iz qishlog‘ida fuqaro uyida noqonuniy saqlayotgan 30 dan ortiq kobra ilon ochiqlikka qo‘yib yubordi.
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani “Tuyabo‘g‘iz” MFY hududida fuqaroning xonadonida saqlangan kobra ilonlar qo‘yib yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.
2-oktyabr kuni tuman Ekologiya bo‘limi, tuman Ichki ishlar bo‘limi, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, tuman Obodonlashtirish bo‘limi xodimlari hamda MFY raisi va faollardan iborat ishchi guruh tuzilgan.
Aniqlanishicha, “Tuyabo‘g‘iz” MFY hududida yashovchi 1980-yilda tug‘ilgan fuqaro N.Y. o‘zi yashayotgan xonadonida 30 dan ortiq Osiyo kobra ilonlarini tegishli ruxsatnomalarsiz saqlab kelgan. Noma’lum sabablarga ko‘ra, fuqaro N.Y. xonadonida saqlanayotgan ilonlar ochiqqa qo‘yib yuborilgan. Bu holat mahalliy aholi tomonidan aniqlanib, ikkita kobra iloni tutib o‘ldirilgan.
Qayd etilishicha, hozirda ishchi guruh tomonidan shu yaqin atrofda yashovchi aholi xonadonlarida dorilash ishlari olib borilib uy hayvonlarini vaqtincha tutqunlikda saqlab turish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Fuqaroga nisbatan IIB xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida qidiruvdagi ayolning jasadi kanaldan topildi Toshkent viloyatining bir qator tumanlariga hokimlar tasdiqlandi Toshkent viloyatida 8 noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi Toshkent viloyatida 1 tup chinor kesgan shaxs tabiatga qariyb 200 mln soʻm zarar yetkazdi