Farg‘onada sel oqimi ko‘chalarni qum-shag‘alga to‘ldirdi
Farg‘ona tumani Shohimardon mahallasida sel oqimi qishloq vrachlik punkti hamda aholi xonadonlarini qum-shag‘alga to‘ldirdi.
25-iyul kuni Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanidagi Shohimardon mahallasi hududida sel oqimlari kuzatildi, deya xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, soat taxminan 15:30 atrofida jala yomg‘iri va do‘l yoqqan. Oqibatda “Qurqul” va “Bukan” sel yo‘lidan aholi va hududlarga zarar yetkazmagan xolda 1,5−2 m3/s sel oqimi oqib tushgan.
“Tosh” sel yo‘lida esa 4−5 m3/s sel oqimlari vujudga kelib, qishloq vrachlik punkti binosini yerto‘lasi va hovlisi hamda 2 ta aholi hovli joylariga (O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 4 ta) qum-shag‘al kirgan. Yo‘l chetida turgan 2 ta avtomobilning atrof qismi qisman qum-shag‘al bilan qoplangan.
“Eng asosiysi, sel oqimlari oqibatida fuqarolar o‘rtasida jabrlanganlar yo‘q”, — deyiladi xabarda.
Hozirda maxsus texnikalar yordamida sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘ona aeroporti vaqtincha yopildi Farg‘onada voyaga yetmagan qiz o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi Farg‘onadagi metan zapravkada 10 mrld so‘mdan ortiq gaz o‘g‘irlandi Farg‘onada 2,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan ohak sexi aniqlandi Fargʻonadagi ovqatlanish shoxobchasida qoʻlbola aroq sotilayotgani aniqlandi