Toshkent viloyatida psixotrop dorilarni sotmoqchi bo‘lgan ota-bola ushlandi
Toshkent viloyatida 900 mln so‘mlik kuchli taʼsir qiluvchi psixofaol dorilarni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi.
Toshkent viloyati IIBB, DXX va prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda katta miqdordagi kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 16-iyul kuni Toshkent tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro (X.S.) nazoratdagi xaridorga 70 dona “Aminometil” hamda 3 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 4 mln 300 ming so‘mga sotayotgan vaqtida ushlandi.
Uning yonidan yana shu kabi 7 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari daliliy ashyo sifatida olingan.
Surishtiruvlar davomida aniqlanishicha, mazkur dorilarni nazoratdagi xaridorga 1981-yilda tug‘ilgan I.J. yetkazishi kerak bo‘lgan. Ammo ota bunday qing‘ir ish uchun o‘z farzandi 18 yoshli X.S.ni yuborgan bo‘lib chiqadi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, ota-bolaning yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi. Natijada 9,8 ming dona “Zardeks”, 250 dona “Aminometil” hamda 15 dona “Tropikamid” (qora bozordagi narxi 857 mln so‘mlik) kuchli taʼsir qiluvchi, psixofaol dori vositalari sotish maqsadida xonadonda saqlanayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 251/1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent va yana ikki viloyat chegarasiga o‘zgartirish kiritilmoqda Ish vaqtida vafot etgan “elektroset” xodimining oilasiga 340 mln soʻm undirib berildi Toshkent viloyatidagi ochiq dala maydonida yong‘in sodir bo‘ldi Parkent tumanida ming yillik tarixga ega qabr qoldiqlari topildi O‘rta Chirchiqda ishlab chiqarish sexi 214 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi