25 Iyul 2024, 19:28 •Oʻzbekiston
Jizzaxda uyida qurol va giyohvandlik moddalari saqlagan shaxs ushlandi
Jizzax shahrida 58 yoshli fuqaro yashash xonadonida qurol va giyohvandlik moddalari saqlayotgani aniqlandi.
Jizzaxda uyida qurol va giyohvand moddalar saqlagan 58 yoshli erkak ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Jizzax shahrining “Ittifoq” mahallasida yashovchi 58 yoshli fuqaro yashash xonadoni va yordamchi xo‘jaligida sport quroli saqlayotgani aniqlangan.
Tekshiruv davomida ushbu shaxsning xonadonidan quroldan tashqari, elektron kastet, javonda 13,8 gramm, cho‘ntaklarida jami 65 gramm “Marixuana” saqlayotgani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirda tergovga qadar tekshiruvlar olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi Yoshlarning narkomaniyaga ruju qo‘yish holati eng koʻp Toshkent shahrida qayd etilmoqda Jizzaxda 13 va 4 yoshli opa-singilni mashina urib ketdi Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi Jizzaxda xalqaro terrorchilik tashkilotlarining materiallarini tarqatib kelgan shaxs qamaldi
Soʻnggi yangiliklar
Propan narxi keskin oshib ketgani yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi
23 Noyabr 2024, 19:24Nodavlat bog‘chalar va maktablar barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi
23 Noyabr 2024, 18:44Dubayda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
23 Noyabr 2024, 18:00Qirg‘izistonda 2025-yil iyuldan elektron sigaretlar taqiqlanadi
23 Noyabr 2024, 17:12Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
23 Noyabr 2024, 16:21Fransiyada 7 million yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
23 Noyabr 2024, 15:17Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
23 Noyabr 2024, 14:30Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22