Ijtimoiy himoya milliy agentligining vakolatlari kengaytiriladi
Agentlik zimmasiga dafn etish uchun nafaqani berish vazifasini yuklanishi, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlar berilishi mumkin.
Senatning 19 iyul kuni bo‘lib o‘tgan — Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi majlisida “Ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Ushbu qonun bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligining zimmasiga dafn etish uchun nafaqani berish vazifasini yuklash, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlarini belgilash, shuningdek fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga va ma’muriy sudlarga murojaat qilishda davlat bojini to‘lashdan ozod etishga taalluqli o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Bundan tashqari, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanishi uchun davolash muassasasining xulosasi talab etilmasligi belgilanmoqda.
Shuningdek, “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar, yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar yo‘qolgan yoxud yaroqsiz holga kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasini yoki biometrik pasportini almashtirishda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Senatorlarning fikricha, Qonun aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ko‘lami va turlarini kengaytirish, jamiyatda aholiga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishda muammo va to‘siqlarni bartaraf etishga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, inson huquqlari hamda ularning qonuniy manfaatlarini ishonchli tarzda huquqiy muhofaza va himoya qilishga, huquqiy mexanizmlarni milliy qonunchiligimizda mustahkamlashga xizmat qiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda nogironligi bo‘lganlar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi Asila Mirzayorova Ijtimoiy himoya milliy agentligi maxsus vakili boʻldi Ijtimoiy himoya agentligiga yangi vakolat berildi Usmon Sharifxo‘jayev Ijtimoiy himoya agentligi direktori o‘rinbosari bo‘ldi Xitoyda qarovsiz qolgan ikki bola O‘zbekistonga olib kelindi