Davlat mulkini “nol” qiymatda sotish amaliyoti bekor qilinadi
Ushbu oʻzgarishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi oʻqishda qabul qilindi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Qonun loyihasiga koʻra, davlat aktivlarini sotishda xorijiy tajribani hisobga olgan holda hamda mamlakatimizda bozor tamoyillariga asoslangan sogʻlom raqobat muhitini yaratish maqsadida davlat aktivlarini “nol” xarid qiymatida sotish amaliyotidan voz kechilib, elektron ommaviy savdolarga chiqarish tartibi joriy qilinmoqda.
Shuningdek, xususiylashtirilmaydigan davlat mulkini hamda davlat ishtirokidagi korxona va davlat muassasasini oʻzgartirishi koʻrsatilgan hollarda davlat mulkini garovga berishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilanyapti. Bunda davlat unitar korxonasi va davlat muassasasini xoʻjalik jamiyatiga oʻzgartirilayotganda baholashni oʻtkazmaslik nazarda tutilmoqda. Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi oʻqishda qabul qilindi.
Мавзуга оид хабарлар:
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun tatbiq etiladigan organlar ro‘yxati e’lon qilindi Давлат мулкини ижарага бериш тартибини бузганлар жаримага тортилади