Urganch aeroportidagi taʼmirlash vaqti yoʻlovchilar Nukusgacha bepul transfer qilinadi
Avtobuslar yoʻlovchilarga joʻnab ketishda ham, uchib kelishda ham xizmat koʻrsatadi. Uzbekistan Airports maxsus jadvalni eʼlon qildi.
Kapital taʼmirlash sabab 20-iyuldan 7-avgustgacha yopilayotgan Urganch aeroportidan Nukus aeroportigacha bepul transfer yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports.
Avval xabar berganimizdek, uchish-qoʻnish yoʻlagining uzoq muddatdan beri ishlashi hamda havo kemalarining qoʻnishi va uchishi xavfsizligini taʼminlash maqsadida kapital qurilish va taʼmirlash ishlari olib boriladi.
Xususan, uzunligi 3000, eni 16 metr boʻlgan uchish-qoʻnish yoʻlagi yuzasini butunlay almashtirish va mustahkamlash rejalashtirilgan. Shuningdek, ikkinchi va uchinchi yurish yoʻlaklari kapital taʼmirlanadi.
“Rekonstruksiya davrida barcha rejalashtirilgan reyslar Nukus xalqaro aeroportiga yoʻnaltiriladi”, — deb yozdi tashkilot. Yoʻlovchilarga Nukus va Urganch aeroportlari oʻrtasida bepul transfer xizmati taqdim etiladi. Avtobuslar yoʻlovchilarni joʻnab ketishda ham, uchib kelishda ham manzil aeroportiga olib boradi.
Мавзуга оид хабарлар:
Qoraqalpog‘istonda aliment to‘lashdan bosh tortgan shaxs 15 sutkaga qamaldi Qator hududlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi Qo‘qon aeroportidan Toshkent, Samarqand va Buxoroga parvozlar yo‘lga qo‘yiladi Prezident qayta ochilgan Qoʻqon aeroportiga bordi Termiz aeroportidagi rekonstruksiya ishlari toʻliq yakunlandi