22 Iyul 2024, 18:15 Sport

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Olimpiadaga boradigan tarkibi ma’lum qilindi

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida 10-23-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga boradigan o‘zbekistonlik shaxmatchilar nomi aniq bo‘ldi.

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Olimpiadaga boradigan tarkibi ma’lum qilindi

Vengriya poytaxti Budapesht shahri 10—23-sentyabr kunlari Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qiladi. 45-marotaba tashkil etilayotgan Olimpiadada 3500 nafarga yaqin shaxmatchi ishtirok etadi. Ular orasida amaldagi Olimpiada chempioni O‘zbekiston terma jamoasi ham bor.

Chempionlik himoyasi uchun terma jamoa murabbiylar shtabi Budapeshtga boradigan tarkibni e’lon qildi. Ikki yil avval Hindistonning Chennay shahrida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan kuchli beshlik tarkibi o‘zgarishsiz qoldi.

O’zbekiston terma jamoasi tarkibi:

GM Nodirbek Abdusattorov (2769);
GM Javohir Sindorov (2674);
GM Nodirbek Yakubboyev (2648);
GM Shamsiddin Vohidov (2643);
GM Jahongir Vohidov (2571).

Jamoaning o‘rtacha reytingi 2684 ni tashkil etadi. Bu esa ro‘yxatdagi 3 ta davlatdan keyingi eng yuqori natija hisoblanadi. Bundan avvalgi Olimpiadada terma jamoamizning o‘rtacha reytingi 2625 ni tashkil qilgan.

Ma’lumot uchun, Chennayda O‘zbekiston terma jamoasi 19 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra Armaniston terma jamoasini ortda qoldirdi va tarixda ilk bor Olimpiada chempioniga aylangandi. Hindiston-2 jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mashhur yangiliklar