Boysundagi avariya qurbonlarining oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga oladi
Energetika vaziri kondagi avariya oqibatida halok bo‘lganlarning oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga olishini aytdi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Surxondaryo viloyati Boysun tumanida qayta sodir bo‘lgan avariyada halok bo‘lgan fuqarolarning oilalari pudratchi tashkilot qaramog‘iga olinishini ma’lum qildi. Bu haqda Kun.uz xabar qildi.
Ko‘pchilik nefti-gaz sohasida xodimlar baland oylik olishini aytadi. Avval kelib xodimlar naqadar og‘ir sharoitda ishlashini ko‘rish kerak. Baxtsiz hodisa bo‘lganida kompensatsiya berish tegishli mehnat shartnomalarida ham bor.
Ko‘zda tutilgan kompensatsiyalardan tashqari halok bo‘lganlarning oilalari qaramog‘ini pudratchi tashkilot to‘liq o‘z bo‘yniga oldi. Bundan tashqari, pudratchi tashkilot ularning farzandlarini voyaga yetkazib, o‘qitib, kompaniyada kafolatlangan ish bilan ta’minlashgacha zimmasiga olgan, deya ma’lum qildi Mirzamahmudov.
Мавзуга оид хабарлар:
Haydovchilarga qaysi gaz “zapravka” ishlayotganini koʻrsatuvchi mobil ilova ishga tushiriladi Boysun konidagi portlashda 11 kishi jarohat olgani ma’lum bo‘ldi Boysundagi konda sodir bo‘lgan avariya qurbonlari 4 kishiga yetdi Boysundagi konda yana avariya yuz berdi. Qurbonlar bor Surxondaryoda noqonuniy diniy ta’lim berayotgan shaxs jazoga tortildi