Qirg‘izistonlik bokschiga sekundantlik qilgan o‘zbekistonlik murabbiy taqdirlandi
Parijda qirg‘izistonlik bokschiga sekundantlik qilgan o‘zbekistonlik “Chingiz Aytmatov” medali bilan taqdirlandi.
Parijdagi Olimpiada o‘yinlarida qirg‘izistonlik bokschi Munarbek Seyitbek o‘g‘liga sekundantlik qilgan o‘zbekistonlik murabbiy Akmal Hasanov “Chingiz Aytmatov” medali bilan taqdirlandi, deya xabar bermoqda 24.kg nashri.
“Chingiz Aytmatov nomidagi Issiqko‘l forumi” xalqaro jamoat birlashmasi bosh kotibi Assol Moldokmatovaning ma’lum qilishicha, o‘zbekistonlik murabbiyni insoniylik, bag‘rikenglik va xalq diplomatiyasining yuksak saviyasi uchun mukofotlash to‘g‘risidagi qaror 5-avgust kuni qabul qilingan.
Akmalga insoniyligi hamda birodarlik munosabati uchun rahmat. Biz buni qadrlaymiz, hurmat qilamiz va qoyil qolamiz. Qirg‘izistonga kelishingizni intiqlik bilan kutamiz. Siz barcha maqtov va mukofotlarga loyiqsiz, dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Parijda o‘tayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida 4-avgustga o‘tar kechasi qirg‘izistonlik bokschi Munarbek Seyitbek o‘g‘li amerikalik Harvey Jahmalga qarshi chorak final jangini o‘tkazib, yarim finalga chiqqandi. Jang davomida unga O‘zbekiston delegatsiyasidan borgan murabbiy Akmal Hasanov sekundantlik qilgan.
Munarbekning shaxsiy murabbiyi Beganas Sultanbayev esa jangni ekran orqali tomosha qilgan. Tarmoqlarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Munarbekning shaxsiy murabbiyi Beganas Sultanbayev akkreditatsiya muammolari sabab Parijga bora olmagan.
Мавзуга оид хабарлар:
Bahodir Jalolov navbatdagi jangini fevralda o‘tkazishi mumkin Boks afsonasi Mayk Tayson va bloger Jeyk Pol jangi to‘liq davom etdi Tayson blogerga qarshi jangdan qancha gonorar olishi ma’lum bo‘ldi Bektemir Meliqo‘ziyev sobiq raqibining imkoniyatlarini yuqori baholadi O‘zbekiston World Boxing tashkilotiga a’zo bo‘ldi