Murodjon Ahmadaliyev Naoya Inouega “vizov” tashladi
Sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik bokschi Naoya Inoueni jangga chorladi.
Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik bokschi Naoya Inouega murojaat yo‘lladi.
Inoue, vaqt keldi. Menga manzilni ayt. Qo‘rqma. AQSHda bo‘ladimi, Yaponiyada bo‘ladimi, istalgan vazn, istalgan vaqtda bo‘ladimi, menga farqi yo‘q. Tayyorman. Let’s go champ, deydi Murodjon.
Ahmadaliyev 2023-yilning dekabr oyida Kevin Gonsalesga qarshi jang qilgandi. Qarama-qarshilikning 8-raundida o‘zbekistonlik bokchi raqibini texnik nokautga uchratib, g‘alaba qozongan edi.
Naoya kecha, 3-sentyabr kuni mutlaq jahon chempionligi unvonini himoya qildi. Tokioda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida yaponiyalik sportchi Ti Jey Doeniga qarshi jang qilib, yettinchi raundda uni nokautga uchratdi. Inouening zarbasidan so‘ng Doeni jangni davom ettirolmasligi ma’lum bo‘ldi.
Мавзуга оид хабарлар:
Bektemir Meliqo‘ziyev keyingi oyda ringga ko‘tariladi WBA Ahmadaliyev va Inoue jangiga yana bir bor buyruq berdi Isroil Madrimov keyingi jangi ham kamar uchun bo‘lishini aytdi Bahodir Jalolov WBC reytingida 3 pog‘ona ko‘tarildi Qozogʻiston boks boʻyicha milliy jamoaning barcha murabbiylarini vasifasidan ozod qildi