29 Iyul 2024, 12:14 Sport

Parij-2024. Sena suvi ifloslangani sababli triatlonchilarning mashg‘uloti qoldirildi

Parij Olimpiadasida Senada suv ifloslangani sababli triatlonchilar uchun suzish bo‘yicha mashg‘ulotlar yana bekor qilindi.

Parij-2024. Sena suvi ifloslangani sababli triatlonchilarning mashg‘uloti qoldirildi

Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi, Butunjahon triatlon federatsiyasi va Fransiya poytaxti rasmiylari 29 iyul, dushanba kuni Sena daryosining suv sifati mashg‘ulotlar uchun “yetarli kafolat” bermaydi, deya ma’lum qildi.

Tashkilotchilar ob-havo prognozini inobatga olgan holda, 30 va 31 iyul kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan musobaqa boshlanishiga qadar suv sifati talab darajasida yaxshilanishiga ishonch bildirishdi. Bir kun avval triatlonchilarning birinchi mashg‘uloti bekor qilingandi. Senadagi suv sifati avvalgi ikki kun ichida kuchli yomg‘ir tufayli yomonlashgan.

Germaniya bosh murabbiyi Tomas Myollerning aytishicha, ular suv sifati “bir-ikki kun” yomonlashishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan va boshqa mashg‘ulotlar uchun maydonlar tashkil qilingan.

Umid qilamizki, quyosh hamma narsa rejalashtirilganidek davom etishiga yordam beradi, dedi Myoller.

Mashhur yangiliklar