8 Avgust 2024, 08:50 Sport

Parij-2024. Bahodir Jalolov musobaqa finaliga yo‘l oldi

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov germaniyalik raqibini mag‘lub etib, o‘z faoliyatida ketma-ket ikkinchi bor Olimpiada finaliga chiqdi.

Parij-2024. Bahodir Jalolov musobaqa finaliga yo‘l oldi

Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Olimpiada doirasida boks musobaqasining +92 kggacha bo‘lgan bokschilar bahsida o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov germaniyalik Nelvie Tiafakka qarshi jang qildi.

Birinchi raund Bahodirning to‘liq ustunligida o‘tdi. Ikkinchi raundni ham o‘zbekistonlik bokschi o‘z foydasiga hal qildi.

Uchinchi raundda ham raqibiga hech qanday imkon qoldirmagan Bahodir final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Bahodir bundan oldingi bosqichlarda norvegiyalik Omar Shihaga hech qanday imkoniyat qoldirmagan edi, shuningdek, avstraliyalik Teremoana Teremoanani taslim etgandi.

Mashhur yangiliklar