Qozog‘istonlik bokschi Bahodir Jalolovga “vizov” tashladi
Og‘ir vazn toifasidagi qozog‘istonlik bokschi Ivan Dichko o‘zbek bokschisini nokautga uchratishga va’da berdi.
Qozog‘istonlik professional bokschi Ivan Dichkoning navbatdagi raqibi O‘zbekistonlik vakili Bahodir Jalolov bo‘lishi mumkin. Bu haqda Dichkoning menejeri Ziyo Aliyev “Vesti.kz”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Unga ko‘ra, kecha, 21 avgust kuni amerikalik bokschi Kreyg Lyuisn (15-8-1, 8 KO) ga qarshi ringga ko‘tarilib, uni ikkinchi raundda nokautga uchratgan Ivan Dichko o‘zbekistonlik bokschi bilan professional ringda uchrashishga qarshi emasligi va uni nokautga uchratishini va’da bergan.
Dichkoning (14-0, 13 KO) menejeri Ziyo Aliyev “Vesti.kz” muxbiri bilan suhbatda o‘zbekistonlik ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov (14-0, 14 KO) bilan ehtimoliy jang vaqtini ma’lum qilgan.
O‘ylashimcha, Jalolov bilan jang kelasi yili bo‘lib o‘tishi mumkin, degan Aliyev.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonlik bokschilarning imzosi tushirilgan qo‘lqoplar auksionda sotildi Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi Bahodir Jalolov navbatdagi jangini fevralda o‘tkazishi mumkin Bahodir Jalolov boks bo‘yicha milliy terma jamoa sardorligidan ketdi Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘smatovning harbiy unvonlari muddatidan oldin ko‘tarildi