10 Avgust 2024, 17:45 Sport

Parij-2024. Akbar Jo‘raye Olimpiyada kumush medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev delegatsiyaga musobaqadagi ilk kumush medalni keltirdi.

Parij-2024. Akbar Jo‘raye Olimpiyada kumush medalini qo‘lga kiritdi

Yozgi Olimpiya o‘yinlarida og‘ir atletika bahslari ham bo‘lib o‘tdi.

-102 kg vaznda o‘tgan bellashuvlarda Akbar Jo‘rayev jami 404 kg natija bilan 2-o‘rinni egalladi. -109 kg vaznda Tokio Olimpiadasi chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik atlet dast ko‘tarishda 185 kg, siltab ko‘tarishda 219 kg tosh ko‘tardi.

Xitoylik Liu Huan 406 kg natija bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bronza neytral maqomida qatnashgan Yevgeniy Tixonsovga (402) nasib etdi.

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining Parijdagi medallari 9 taga yetdi — 5 oltin, 1 kumush va 3 bronza.

Mashhur yangiliklar