2 Avgust 2024, 08:17 Sport

Muzaffarbek To‘raboyev Olimpiada sovrindori bo‘ldi

O‘zbekistonlik dzyudochi Muzaffarbek To‘raboyev Parij Olimpiadasi bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Muzaffarbek To‘raboyev Olimpiada sovrindori bo‘ldi

Parij Olimpiadasi o‘yinlarida dzyudo bahslari davom etmoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasi Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ikkinchi medaliga sazovor bo‘ldi. O‘zbekistonlik dzyudochi Muzaffarbek To‘raboyev -100 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Muzaffarbek uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda ispaniyalik Nikoloz Sherazadishvilini mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi jamg‘argan medallar hozircha 1 ta oltin va 1 ta bronzaga yetdi.

Mashhur yangiliklar