Samarqandda Nexia va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Hodisa oqibatida ogir tan jarohati olgan Nexia haydovchisi kasalxonada vafot etgan.
Samarqand viloyati Jomboy tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 27 oktyabr kuni tongda ro‘y bergan.
Haydovchisi Nexia mashinasi bilan Jomboy tumani G‘azira mahallasi hududidan o‘tgan yo‘lda ketayotib, o‘zi tomonda yo‘l chetida nosoz holda to‘xtab turgan Kamaz yuk mashinasining old o‘ng tomoniga urilgan.
Oqibatda Nexia haydovchisi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning muolajasiga qaramasdan u kasalxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, YHXB mutasaddilari va aholi vakillari ishtirokida YTH sodir bo‘lgan mahallada muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan. Unda yo‘llarda harakatlanish paytida qoidalarga qat’iy rioya qilish uqtirilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda bogʻcha va maktab oʻquvchilari xavfsizligiga zid ravishda “ilon oʻyini” tomoshasi oʻtkazilgani aniqlandi Samarqanddagi uyda uch metrlik bo‘g‘ma ilon saqlanayotgani aniqlandi Samarqand viloyatiga yangi rahbar tayinlandi Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov sog‘lig‘i sabab ishdan ketayotgani aytildi Samarqandda tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi mumkin