Murodjon Ahmadaliyev IBF’ga shikoyat bilan chiqdi
O‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev IBF’ga shikoyat bilan chiqdi.
Avvalroq professional bokschi, sobiq Jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali yaponiyalik Naoya Inoueni qochib yurmaslikka chaqirgan edi. O‘zbekistonlik bokschining advokati Pet Inglish yaponiyalik mutlaq chempion Naoya Inoue bilan bo‘layotgan munozaralarga oydinlik kiritdi.
Biz bu reklama takliflariga, Sem Gudman Inouening navbatdagi raqibi bo‘lishiga qarshimiz. Murodjon Ahmadaliyev uzoq vaqtdan beri WBA chempionlik kamari uchun majburiy daʼvogar bo‘lib kelgan va buyruqqa ko‘ra, Naoyaning keyingi jangi WBA kamari uchun majburiy daʼvogar bilan bo‘lishi kerak.
Biz WBA’dan majburiy himoya jangini tashkil qilishini talab qildik. Biz tahdid qilmoqchi emasmiz, lekin janob Inoue WBA’ning majburiy himoyasidan qochishga harakat qilsa, biz qonuniy choralar ko‘ramiz.
Agar janob Inoue WBA chempionlik unvonidan voz kechmoqchi bo‘lsa, biz uning Ahmadaliyevdan boshqasi bilan jang qilishiga to‘sqinlik qilmaymiz, lekin biz hozir sodir bo‘layotgan voqealarga qarshimiz. Kimdir yoki biror tashkilot janob Ahmadaliyevning huquqlarini poymol etayotganiga qarshimiz, deb yozdi Inglish.
Мавзуга оид хабарлар:
Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi WBA Ahmadaliyev va Inoue jangiga yana bir bor buyruq berdi Murodjon Ahmadaliyev Naoya Inouega “vizov” tashladi