Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi
O‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi maʼlum bo‘ldi.
Birinchi yarim yengil vaznda sobiq jahon chempioni, WBA kamari uchun rasmiy daʼvogar Murodjon Ahmadaliyev 14-dekabr kuni jang qilishi ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi vaqtinchalik WBA kamari uchun jang o‘tkazadi. Murodjon Ahmadaliyev (12-1, 9 KO) 14-dekabr kuni Monte-Karlo shahrida Matchroom promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan professional boks oqshomining markaziy jangida ringga ko‘tariladi.
O‘sha kuni 29 yoshli Ahmadaliyev meksikalik 27 yoshli Rikardo Espinoza Frankoga qarshi ringga ko‘tariladi.
Murodjon Ahmadaliyev ushbu jang haqida fikr bildirdi.
Ishga qaytganimdan xursandman. Aftidan, bu P4P yulduzi, yaʼni Inoue hali katta chaqiruvlarga tayyor emas ekan. Mendan qochishda davom etaversin. Men baribir o‘zimga tegishli narsani qo‘lga kiritaman. Murodjonni kuting, dekabr ancha qaynoq bo‘ladi, dedi 29 yoshli charm qo‘lqop ustasi.
Мавзуга оид хабарлар:
Isroil Madrimov 2 oy ichida 2 ta jang o‘tkazadigan bo‘ldi Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi Bahodir Jalolov navbatdagi jangini fevralda o‘tkazishi mumkin Boks afsonasi Mayk Tayson va bloger Jeyk Pol jangi to‘liq davom etdi Tayson blogerga qarshi jangdan qancha gonorar olishi ma’lum bo‘ldi