O‘zbekistonlik velosportchilar ASEAN Track Series musobaqasini 4 ta medal bilan yakunladi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.
Malayziyaning Nilay shahrida velotrek bo‘yicha ASEAN Track Series musobaqasining birinchi bosqichi yakunlandi. Uning yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Oltin medallar:
- Sergey Rostovsev (omnium);
- Sergey Rostovsev (skretch);
- Sergey Rostovsev (eliminayshn).
Bronza medali:
- Nafosat Qo‘ziyeva (eliminayshn).
Endi hamyurtlarimiz 10-11-yanvar kunlari aynan shu shaharda bo‘lib o‘tadigan musobaqaning ikkinchi bosqichida ishtirokini davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik sportchi Abu-Dabida ot sporti bo‘yicha o‘tkazilgan turnirda oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. To‘siqlar balandligi 135 sm bo‘lgan yo‘nalishda Bekzod Qurbonov ushbu muvaffaqiyatga erishdi.






















