Akbar Jo‘rayev Islom birdamligi o‘yinlarining olti karra chempioni bo‘ldi
Sportchi oltin medalni qo‘lga kiritib, raqiblarini ortda qoldirdi.

O‘zbekistonlik sportchi og‘ir atletika bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritib, VI Islom birdamligi o‘yinlarining mutlaq chempioniga aylandi, deya xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.
Akbar Jo‘rayev dast ko‘tarish mashqida – 110 kg vazn toifasida 193 kg natija bilan oliy sovrinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. O‘zbekistonlik atlet dast ko‘tarish mashqida barcha raqiblarini ortda qoldirib, siltab ko‘tarishda 227 kg, ikkikurashda 420 kg natija ko‘rsatib, musobaqaning eng yuqori ko‘rsatkichiga aylandi.
Natijada sportchi oltin medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi, shuningdek, Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tayotgan VI Islom birdamligi o‘yinlarining mutlaq chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Qayd etilishicha, Akbar Jo‘rayev Islom birdamligi o‘yinlarining 6 karra chempioni hisoblanadi.
Avvalroq O‘zbekiston sportchilari o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarida umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Terma jamoa vakillari 11 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Izohlar