Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
Prezident tomonidan nomzodi ko‘rsatilgan Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Bugun, 6 noyabr kuni xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazildi
Unda viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi Ulug‘bek To‘xtayevning joriy yil 27 oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.
Sessiyada deputat Sayyora Fayziyeva xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi raisi etib saylandi.
Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, viloyat kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Maslahatlashuvda prezident tomonidan Toshkent viloyati hokimi lavozimiga Zoyir Mirzayev nomzodi ko‘rsatilganligi bildirildi.
Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining qarori bilan Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida qidiruvdagi ayolning jasadi kanaldan topildi Toshkent viloyatining bir qator tumanlariga hokimlar tasdiqlandi Toshkent viloyatida 8 noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi Ulugʻbek Qosimov ham Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi Shuhrat Abdurahmonov Andijon hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi