Toshkent viloyatida 8 noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi
Toshkent viloyatida 8 noyabrdan issiqlik energiyasining aylanma harakati ishga tushiriladi.
Toshkent viloyati hokimining isitish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish, koʻp qavatli uylar hamda ijtimoiy soha obektlarini issiqlik energiyasi bilan taʻminlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi.
“Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi hamda viloyat “Issiqlik manbai” IChB markazlashgan issiqlik taʻminotining ishlash tizimining barcha qismlarini tekshirish hamda imkoniyatini aniqlash uchun 8-noyabr soat 10:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan chiqadigan issiqlik energiyasining aylanma harakati ishga tushirilishini taʻminlasin” deyiladi hujjatda.
Shuningdek, hokim qarori bilan viloyat “Issiqlik manbai ishlab chiqarish boshqarmasi” DUK, barcha ijtimoiy soha rahbarlari, shahar va tuman hokimliklari yetkazib berilayotgan issiqlik energiyasi uchun kreditorlik-debitorlik qarzlari oshib ketmasligi uchun shaxsan javobgar ekani belgilangan.
Shahar va tuman hokimlari barcha ijtimoiy soha rahbarlari bilan birgalikda bir hafta muddatda qoʻshimcha ravishda barcha ijtimoiy soha obektlaridagi isitish qozonlarini xatlovdan oʻtkazadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida ham yirik yong‘in sodir bo‘ldi Chirchiq daryosidan qum-shag‘al aralashmasi qazib olinishi oqibatida 65 mlrd so‘m zarar yetkazildi Oʻrta Chirchiqdagi korxonada gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi Toshkent viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi “G‘ishtko‘prik” postida 40 bosh qushni kiyimining ichiga yashirib o‘tayotgan shaxs ushlandi