27 Sentabr 2024, 08:55 Oʻzbekiston

Xorazmda koʻmir uchun ajratilgan 301,1 mln soʻm talon-toroj qilindi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Xorazmda koʻmir uchun ajratilgan 301,1 mln soʻm talon-toroj qilindi

Xorazmda MChJ rahbari koʻmir sotib olish uchun ajratilgan mablagʻlarni talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Y.F.” MChJ masʼul shaxslari davlat xususiy sherikchilik bitimiga asosan tumandagi 31 ta ijtimoiy soha obyektlarini isitish mavsumida koʻmir bilan uzluksiz taʼminlash uchun ajratilgan mablagʻlarning 301,1 mln soʻmini boshqa maqsadlarga sarflab, rastrata qilish yoʻli bilan bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar