O‘zbekistonda Toshkentdan Xo‘jakent va Chinorkentga qatnovchi tezyurar poyezd chiptalari narxi oshdi, deya xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati.
2025-yil 25-sentyabrdan boshlab Toshkent—Chinorkent—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 7201, 7202, 7203, 7204, 7205, 7206-sonli shaharlararo tezyurar elektropoyezdlari chipta narxlari oshiriladi. Narx quyidagicha o‘zgaradi:
- kattalar uchun — 30 ming so‘m (ilgari 20 ming so‘m edi);
- bolalar uchun — 16 500 so‘m (ilgari – 11 500 so‘m).
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ayrim poyezdlarning qatnov jadvali o‘zgartirilgandi. Yangilik yo‘lovchilarga qulaylik tug‘dirishi kerak.
Avvalroq Afrosiyob poyezdlarida Wi-Fi mavjudligi haqida xabar berilgandi. Tashqaridan signalning o‘tishi kuchsiz bo‘lgani uchun vagonlar maxsus uskunalar bilan jihozlangan.


















