O‘zbekiston

Toshkentdan ayrim yo‘lovchi poyezdlari harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Yo‘lovchilardan sayohatni rejalashtirishda o‘zgarishlarni hisobga olish so‘raldi.

Toshkentdan ayrim yo‘lovchi poyezdlari harakati vaqtincha to‘xtatiladi

25-iyun kuni Toshkentdan Xo‘jakent va Chinorkent yo‘nalishlarida qatnovchi shaharlararo yo‘lovchi poyezdlari qatnovi bekor qilinadi, deya xabar qildi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” axborot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, poyezdlar texnik sabablarga ko‘ra bir kunga bekor qilinadi. Cheklov quyidagi marshrutlarga ta’sir qiladi:

  • №6430/6435 Toshkent – Xojikent – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha;
  • №7203/7204 Toshkent – Chinorkent – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha.

Yo‘lovchilarga sayohatni rejalashtirishda ushbu o‘zgarishlarni hisobga olish tavsiya etildi.

Avvalroq O‘zbekistonda poyezdlar tezligi vaqtincha cheklanishi haqida xabar berilgandi. Issiq ob-havo tufayli temiryo‘l relslari qizib ketishi mumkin.

Izohlar

Mavzuga oid