O‘zbekistonda poyezdlar tezligi vaqtincha cheklanadi
Issiq ob-havo tufayli temiryo‘l relslari qizib ketishi mumkin.

O‘zbekistonda temir yo‘l poyezdlari tezligi vaqtincha cheklanadi, shu sababli yo‘lovchilar belgilangan manzilga kechikib yetib boradi, deb xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati.
Yerusti temir yo‘llari relslarida va ularning po‘lat qismlarida harorat yuqori bo‘lganligi sababli yo‘lovchilar va poyezdlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida poyezdlar harakati tezligiga cheklovlar joriy etiladi.
“Tezligi cheklangan poyezdlarning sovutish tizimi pasayishi mumkinligini ma’lum qilamiz. Shuningdek, tezligi cheklangan poyezdlar belgilangan manzilga jadvalda ko‘rsatilgan vaqtdan kechroq yetib kelishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Mavzuga doir: Dim kechalar va issiqning kuchayishi: haftalik ob-havo. Havo harorati ba’zi joylarda deyarli 45 darajagacha ko‘tariladi.
Izohlar